Press "Enter" to skip to content

YULDUZXON ISLOM KARIMOV NOMLI DAVLAT STIPENDIYASI SOHIBI

Yulduzxon Rahimberdiyeva Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi. U bu yil Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Iqtidorli va intiluvchan talaba bo‘lgani bois Qo‘qon universitetining «Oltin fond»idan joy olgan. Uning 10 ga yaqin dolzarb mavzulardagi ilmiy maqolalari va tezislari respublika hamda xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Yulduzxon ilm olish, kitoblar mutolaa qilishdan tashqari badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi. «Zulfiyaxonim izdoshlari» to‘garagida badiiy-publitsistik mahoratini oshirmoqda. «She’riy guldasta» nomli saylanmadan qator she’rlari joy olgan. U oliygohda tashkil etilgan «Zakovat» klubida ham intellektual salohiyatini namoyish qilib kelyapti.
— Kelajakda egallayotgan kasbimning yetuk mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilganman. Universitetda fanlarni puxta o‘zlashtirish bilan birga, amaliyotda kasbiy ko‘nikmalarimni oshiryapman. Har bir yutug‘imda ustozlarimizning hissalari katta. Bakalavr bosqichini tamomlab, ta’lim menejmenti bo‘yicha magistraturani Germaniyada davom ettirish maqsadidaman. Ta’lim sohasida xorij tajribasini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tajribasini dunyoga tanitish orzuim, — deydi Yulduzxon.
Muxtasar ISAQOVA,
Qo‘qon universiteti matbuot kotibi.

Ulashing: