Raqamli texnologiyalar davri va yoshlar

Raqamli texnologiyalar davri va yoshlar

DАSTURIY MАHSULOTLАR, VEB-SАYTLАR MUАLLIFIMАN

Marg‘ilonning Raqamli texnologiyalar markazidagi qulay innovatsion muhit e‘tiboringizni tortadi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filialida olgan bilimlarim qoʼl kelib, dasturlash va rabototexnika yoʼnalishlarini oʼrganishga kirishdim.

“Bir million dasturchi” loyihasida oʼqib, sertifikat oldim. Ilk ixtiroim – bolalar uchun kichik mashina yaratish boʼldi va uning boshqaruvini mobil telefoniga uladim. Hozirgacha oʼnlab dasturiy mahsulotlar, veb-saytlar muallifi boʼldim. Аyni paytda IT ning kibersport yoʼnalishi boʼyicha bilimlarimni mustahkamlayapman. Shuning bilan birga, sohaga qiziquvchan yigit-qizlarga kompyuter savodxonligi boʼyicha mashgʼulotlar olib boraman.

Bu yerda elektron axborot resurs markazi, 60 oʼrinli anjumanlar zali, muzokaralar xonasi, videostudiya boʼlib, yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslari, axborot texnologiyalari sohasida startap loyihalarni qoʼllab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish asoslarini oʼrgatish yoʼlga qoʼyilgan. Markazda dasturiy mahsulotlar yaratishi ham mumkin.

Bir vaqtning oʼzida 300 ga yaqin yoshlar rabototexnika, sanoatni avtomatlashtirish, yangi dasturlar ustida ish olib borishmoqda. Markazda bir yilda ikki mingdan ziyod IT mutaxassislari tayyorlash imkoniyati mavjud. Yaqinda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʼzbekiston IT park” rahbar va masʼul xodimlari, shuningdek, nufuzli AMITY, INHA xalqaro oliy oʼquv yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professorlari fargʼonalik dasturchi yoshlar ishlari bilan tanishib, ularning iqtidori va salohiyatini eʼtirof etishdi, hamkorlikda ishlash boʼyicha xalqaro takliflar berildi. Men ham dasturchi va rabotexniklarning yangi avlodi vakili ekanligimdan faxrlandim.

Temurmalik MАTGʼOZIYEV,

TАTU Fargʼona filiali talabasi,

yosh dasturchi